Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus boʻyicha yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida "5 tashabbus biz yoshlar tayanchi " nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda maktabimizning iqtidorli, salohiyatli o'quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida o'quvchilar o'zlari yod olgan she'rlarini aytib, qo'shiqlar kuyladilar. Bundan tashqari 5 tashabbusning 2-yo'nalishi yuzasidan o'quvchilar sport sohasida ham ildamliklarini sport mashg'ulotlari orqali namoyish etdilar. Oʻquvchilarga maktab direktori tomonidan "Faxriy yorliq" hamda ota-onalarga "Tashakkurnoma" topshirildi. Tadbirga 70-nafar oʻquvchi jalb etildi.