Joriy yilning 30-sentyabr kuni 271-maktabda 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Ustozlarga ehtirom!" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirga Afrika davlatidan tashrif buyurgan xorijiy mehmon Jahonnes Moloto, OʻZ Respublikasi Qurolli Kuchlari Modellashtirish va simulyatsiya boʻyicha tadqiqotlar dala oʻquv markazi boʻlim xodimlari, "Yoʻlayriq" MFY raisi Karimov Abduvahob Toshpoʻlatovich tashrif buyurdi. Kelgan mehmonlar ustozlarni oʻz tabriklari va esdalik sovgʻalari bilan siyladilar. Tadbirga maktab maʼmuriyati, ustozlar, oʻquvchilar ishtirok etdilar.