Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 26-апрель 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Uch avlod uchrashuvi


Joriy yilning 4-mart sanasida Yunusobod tumani 271-umumta'lim maktabida tuman "Nuroniy" kengashi bilan hamkorlikda ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Uch avlod uchrashuvida Yunusobod tumani " Nuroniy" kengashi, tuman O'zLiDeP kengashi raisi, Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibi Nishonaliyeva Oyshaxon, "Mehnat faxriyasi" ko'krak nishoni sohibi Jamolov Kamoliddin, "Mehnat faxriyasi" ko'krak nishoni sohibi Mirjalolov Mirislom, Madaniyat markazidan xushovoz xonanda Abduvali Abdusalomov tashrif buyurdi. Davra suhbatida maktab o'qituvchilari va o'quvchi- yoshlar faol ishtirok etdi. 
Tashrif buyurgan mehmonlar suhbat davomida hayot tajribalari, bilim va ko'nikmalari bilan o'rtoqlashdi. Bu esa o'qivchilarning katta hayotda tayyorlashda, ulardagi vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirishga, shukronalik hissini oshirishga yanada yordam beradi.