Joriy yilning 11.04.2025 yil sanasida Yunusobod tumani 271-maktabda "Xonatlas" haftaligi doirasida "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, yurtim!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir "Mahalla" teleradio kanali muxbirlari tomonidan yoritildi. Tadbir doirasida milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz o'quvchilar tomonidan go‘zal kuy-qoʻshiqlar, raqslar guldastasi, badiiy chiqishlar orqali ko‘rsatib berildi. Barhayot udumlarimiz, milliyligimiz har bir dastur qismida namoyish etildi. Tadbirga bir qancha mehmonlar: Prezident administratsiyasi tomonidan N.E.Toshpo'latov, Yunusobod tuman hokimiyatidan X S.Saidov, "Yo'layriq" MFY raisi A.Karimov, mahalla yoshlari yetakchisi J. Xolqo'ziyev, mahalla xotin qizlar faoli M. Karimova, mahalla kutubxonachisi N.Sattarova hamda "Qulolqo'rg'on" MFY xotin qizlar faoli A.Ko'chkarava, S. Qoraboyevlat tashrif buyurdi. Bayram bahor sayli, qoshqozonda sumalak, milliy o'yinlarga ulanib ketdi.