Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 26-апрель 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti! ” shiori ostida mavzusida ma’naviy-ma'rifiy  tadbir bo‘lib o‘tdi


Unda "Islomobod", “Sobirobod”  mahalla faollari, tumandagi 72-, 271-maktabning kitobsevar o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida “Kitob bilim manbayi–tafakkurning gulshani!" kitoblar  ko'rgazmasi taqdim etildi. 
Turon fanlar akademiyasi akademigi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bolalar shoiri Po‘lat Xudoyberganov bilan ijodiy uchrashuv va "Оrzularim bir olam" kitobining  taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
"Kitobxonlik haftaligi" doirasida  yangi adabiyotlar taqdimotlari, “Siz kutgan uchrashuv" shoir va yozuvchilar tashrifi,  viktorina o‘yinlari  o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 



Zamira ZAYNUTDINOVA,
Yunusobod tumani Axborot-kutubxona markazi abonementlar
 va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish  xizmati rahbari