Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 26-апрель 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xonatlas" haftaligi doirasida "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, yurtim!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi


Joriy yilning 11 aprel kuni Yunusobod tumani 271-maktabda "Xonatlas" haftaligi doirasida "Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, yurtim!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy   tadbir yuqori saviyada  tashkil etildi. Tadbir "Mahalla" teleradio kanali muxbirlari tomonidan yoritildi. Tadbir doirasida milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz  o'quvchilar tomonidan go'zal kuy-qoʻshiqlar, badiiy chiqishlar  orqali ko'rsatib berildi. Barhayot udumlarimiz, milliyligimiz  har bir dastur qismida namoyish etildi.Tadbirga bir qancha mehmonlar:Prezident administratsiyasi tomonidan N.E.Toshpo'latov, Yunusobod tuman hokimiyatidan X S. Saidov,"Yo'layriq" MFY raisi  A.Karimov, mahalla yoshlari yetakchisi J.Xolqo'ziyev,  mahalla xotin qizlar faoli M. Karimova,  mahalla kutubxonachisi  N.Sattarova hamda "Kulolqo'rg'on" MFY xotin qizlar faoli A.S.Ko'chkarava, S.Qoraboyevlar  tashrif buyurdi.  Bayram bahor sayli, qoshqozonda sumalak, milliy o'yinlarga ulanib ketdi.