
Joriy yilning 24.05.2025 sanasida Yunusobod tumani 271-maktabda "Xayr maktabim-sevimli maskanim!" nomli so'nggi qo'ng'iroq tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda maktabning 11-sinf o'quvchilari faol qatnashdi. Fan olimpiadalarida faxrli o'rinlarni egallagan, muddatdan oldin oliy oʻquv yurtlarida talaba bo'lgan, Milliy sertifikat, xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritgan bitiruvchi o'quvchilar maxsus faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Maktab hayotida faol ishtirok etgan, namunali o'quvchilarning ota-onalari ham taqdirlandilar.
Tadbirga Yunusobod tuman hokimining birinchi oʻrinbosari To'laganov Avazbek Shukrjonovich, "Yo'layriq" mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ernazarov Ilhom Ismatillayevich, "Yo'layriq" mahalla profilaktika inspektori Zayniyev Feruz Fayzulla o'g'li va bir qancha ota-onalar tashrif buyurishdi.
Tadbir yakunida so'nggi qo'ng'iroq sadolari yangradi.