Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-апрель 2026, 14:22
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yoshlar bilan uchrashuv


Joriy yilning 5-mart sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-sonli umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida har haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" deb belgilanganligi munosabati bilan maktab faollar zalida 9-10-sinf o'quvchilari ishtirokida Toshkent shahar FVBB hamda Favqulotda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar bo'limi boshlig'i kapitan A.V.Urazmuhammedov tomonidan davra suhbati tashkil etildi. 
Tashkil etilgan davra suhbatida o'quvchi yoshlarga Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi hamda FVV Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar to'g'risida atroflicha tushunchalar berdi.Suhbat jarayonida mavzuga oid videoroliklar ham namoyish etildi.Shundan so'ng o'quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.Yoshlar uchrashuvi o'quvchilar uchun foydali va mazmunli bo'ldi.

MMIBDO' M.Sa'dullayeva.