Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-апрель 2026, 14:22
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Targ‘ibot


Joriy yilning 4-mart  sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumani 271- maktabning faollar zalida  10-11-sinf o'quvchilari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Xavfsizligi Universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, kapitan Xo'jamberdiyev Farrux Komilovich yuqoridagi mavzu yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Suhbat jarayonida mavzu doirasida videorolik namoyish etildi va bu orqali sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda kelajak uchun to‘g‘ri tanlov qilish haqida muhim tushunchalar berildi. Mazkur suhbat huquqbuzarlikka qarshi kurashda profilaktikaning muhim o‘rni borligini yana bir bor namoyon etdi. Ishtirokchilar faol muhokamalar orqali zararli illatlarning oqibatlarini chuqur anglab,ongli va mas’uliyatli hayot sari undashga qaratildi.