Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-апрель 2026, 14:22
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Turon" maktab teatri” respublika koʻrik tanlovining saralash bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi

 
Joriy yilning 3-mart sanasida Yunusobod tuman “Maktabgacha va maktab ta’limi” hamda Yunusobod tuman “Kelajak” markazi hamkorligida "Turon" maktab teatri” respublika koʻrik tanlovining saralash bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi. 

Tanlovda sektorga qarashli barcha maktab jamoalari o‘zlarining sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdi.

Yakuniy xulosaga ko‘ra, jamoalar quyidagicha taqdirlandilar:
🥇1-o’rin: 313-maktab
🥇1-o’rin: 327-maktab
🥈2-oʻrin: 240-maktab
🥉3-o’rin: 271 maktab 

Barcha jamoalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar

Ushbu Tanlov o‘quvchilar o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilishhamda maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan.