
Joriy yilning 26-mart sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumani 271-maktabda o'quvchilarning bahorgi ta’til vaqtini mazmunli va qiziqarli tashkil etish maqsadida 8 -10 sinf o'quvchilari o‘rtasida "Kulolqo'rg'on" va "Yo'layriq" MFY yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Zakovat o‘yinlari o'quvchilar mantiqiy fikrlash doirasini kengaytiradi,bilimini oshiradi. Buni o'quvchilarning faol ishtirokidan ham ko'rish mumkin. Zakovat mashg'ulot juda mazmunli va qiziqarli bo‘ldi. O'quvchilar vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.
G'olib o'quvchilar munosib taqdirlandilar.