
2026-yil 28-aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumani 271-maktabda buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi hamda “Amir Temur oyligi” munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar “Temur Tuzuklari” asaridan tuzilgan savollarga javob berishdi. Har bir jamoa o‘zining tezkor fikrlashi, topqirligi va jamoaviy hamkorligini namoyon qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
• “Sohibqiron nuri” nomli 10-“B” sinf jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.
• “Piyoda” nomli 8-“V” sinf jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
• “Sohibqiron avlodlari” nomli 9-“V” sinf jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
Tadbir so‘ngida barcha g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.