Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 19-май 2026, 13:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda 5 ta jamoalar ishtirokida  “Zakovat” intellektual o‘yini   tashkil etildi

Joriy yilning 24-aprel sanasida ma’naviyat kuni munosabati bilan Yunusobod tumanidagi  271-maktabda Alfraganus universiteti hamkorligida  yoshlarning bilim darajasini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda ularni jamoa bo‘lib ishlashga undash maqsadida oʻquvchilardan tarkib topgan 5 ta jamoalar ishtirokida  “Zakovat” intellektual o‘yini   tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga — tarix, adabiyot, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va umumiy bilimga oid murakkab savollarga javob berishdi. Har bir jamoa o‘zining tezkor fikrlashi, topqirligi va jamoaviy hamkorligini namoyon qildilar. Qizg‘in kech bahs-munozaralardan so‘ng 
I o‘rinni 10-"A" sinfning "Everest" jamoasi 
II o‘rinni 8-"V" sinfning "Evrika" jamoasi
III o‘rinni 10-"B" sinfning "KvaZar" jamoasi egalladi.
Maktab rahbari L.T.Kadirova  universitet "Tashakkurnoma"si hamda oʻquvchilar diplom bilan taqdirlandilar.

MMIBDOʻ: M.N.Sa'dullayeva
Maktab maslahatchisi: G.Gʻ.Mehmonova