
9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida 271-sonli umumta’lim maktabining 8-V va 10-B sinf o‘quvchilari xayrli ishga qo‘l urdilar. Yoshlar ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilgan, 271-maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars bergan bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozimiz Maxamadaliyeva Mukambar ayaning xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Suhbat davomida o‘quvchilar ustozning boy hayotiy tajribalari, pedagogik faoliyatidagi qiziqarli voqealardan bahramand bo‘lishdi. Keksalar holidan xabar olish, ularga hurmat ko‘rsatish — bizning oliy qadriyatimizdir.