Joriy yilning 2-sentabr sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Mustaqillik bayrami hamda yangi
2026–2027 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirni maktab direktori L.Kadirova ochib berib, barcha o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi.Tadbirga Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sh.Abdusattorova, Kulolqoʻrgʻon MFY raisi S.Abdiyev, Yoʻlayriq MFY raisi I.Ernazarov, maktab inspektor-psixologi N.Mirxalilov tashrif buyurdi. Bayram tadbiri davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan, Mustaqillik va ona yurtga bag‘ishlangan she’rlar ijro etildi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan Vatan haqidagi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi. Ayniqsa, 1-sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarning ishtiroki tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, Vatanga muhabbat va kelajakka ishonch ruhida o‘tkazildi.