Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-октябрь 2026, 16:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimiz o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘quvchilarning davomat holati nazoratga olindi

Joriy yilning 12-sentyabr sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-sonli umumta'lim maktabida  maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘quvchilarning davomat holati nazoratga olindi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tig‘li, sanchuvchi hamda boshqa taqiqlangan buyumlarni olib yurish holatlarining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar tashkil etilib, tegishli tushuntirish ishlari maktab MMIBDO' M.Sa'dullayeva, inspektor-psixolog N.A.Mirxalilov, Milliy Gvardiya xodimi S.R.Rahmatov tomonidan olib borildi.