Maktabining 11-V sinf o‘quvchisi Tashpulatova Ruxshona Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichida munosib ishtirok etib, «Jamoatchilik faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha muvaffaqiyatli natijaga erishdi.
Tanlov davomida Ruxshona o‘zining faol jamoatchilik ishlari, volontyorlik faoliyati, ijtimoiy tashabbuslari hamda jamiyat hayotidagi faolligi bilan ajralib turdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholangan o‘quvchimiz tanlovning keyingi — shahar bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Ushbu yutuq bilan Ruxshonani, uning ota-onasini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusi bosqichda ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz!