Bugun maktabimizda 3 A - sinf o'quvchilari bilan "18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun" munosabati bilan "Bayrog‘imiz - faxrimiz" mavzusida sinf soati tashkil etildi. O'quvchilar bayroq haqida she'rlar yodladilar, chizgan rasmlarini namoyish qildilar. Davlat ramzlariga bo‘lgan cheksiz muhabbatlarini yana bir bor namoyish etishdi.
