Bugun maktabimizda payshanba profilaktika kuni munosabati bilan Yunusobod tumani IIO FMB XPB VYEMB inspektor -psixologi kapitan N.Janiyeva, katta serjant О.Xoliyorova, maktab direktori L.T.Kadirova, MMIBDOʻ M.Saʼdullayeva hamda maktab psixologi D.Muhiddinova ishtirokida "Davomat" va "Tigʻ" tadbirlari o‘tkazildi. Oʻquvchilar ishtirokida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha profilaktik suhbat o‘tkazildi. Oʻquvchilarga kerakli tavsiya va ko‘nikmalar berildi.