Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 27-апрель 2025, 22:28
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabda ertalabki "Davomat va tig' " tadbiri oʻtkazildi

Bugun maktabimizda erta tongdan "Davomat  va tig' " tadbiri  reydi o'tkazildi. Reyd davomida o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi, o‘quv qurollari, kitoblarning o‘ralganligi nazoratga olindi. Ayniqsa o‘quvchilarning maktabga o‘tkir tig‘li buyumlarni olib kirmasligi alohida ta'kidlandi. Maktabda mobil telefonlardan foydalanish qoidalariga rioya etishlari kerakligi ta'kidlandi. 


Qolaversa umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini yuritish, dars mashg‘ulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda kelmayotgan o‘quvchilarni aniqlash va ularni ta'limga jalb qilish ishlari yanada samarali tashkil etish va Xalq ta'limi vazirligining 2018-yil 3oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilar davomatini yuritish tadbirini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘iga asosan dars qoldirmaslik, sababsiz dars qoldirilsa 47-moddaga asosan ma'muriy javobgarlik belgilanishi haqida ogohlantirildi.