11-sinf o'quvchilari "Harbiy vatanparvarlik" oyligi munosabati bilan maktab CHQBT o'qituvchisi B.Nazirov hamda Yunusobod tumani Harbiy bo‘linmasi hamkorligida Toshkent Harbiy okrugi Chirchiq dala-harbiy poligonida amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. Bunday sayohatlar oʻquvchilar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiradi. Harbiy okrug qo‘mondonligiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.