Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 27-апрель 2025, 22:28
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ertak qahramonlari asosida qiziqarli teatr tomoshasi tashkil etildi

Joriy yilning 16 dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 271-maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun Yosh tomoshabinlar teatrida ertak qahramonlari asosida qiziqarli teatr tomoshasi tashkil etildi. Teatrda o'quvchilar miriqib hordik chiqardilar, shu bilan bir qatorda esa kitob-ma’naviyat o'chog'i ekanligini, kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbai, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo'tabar va muqaddas deb hisoblashlari, shuning uchun kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligi, har qanday insonning madaniyati uning kitobida aks etganligi haqida ham ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamladilar. O'quvchilarimizni ota-onalari ham farzandlarini ma’naviy hordiq chiqarganliklaridan, jonli teatr orqali kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatlari oshganligidan yanada xursand bo‘ldilar.