Joriy yilning 23 dekabr sanasida Yunusobod tumani 1-sektor maktablar o'quvchi qizlari o‘rtasida "Vatan mehri yuragimda" tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 271-sonli maktabning 8 B - sinf o'quvchisi Olimjonova Sorabonu faol ishtirok etdi. Tanlov natijalarini baholashda "Islomobod" MFY raisi S.Usenov, xotin-qizlar faoli S.Shermatova ishtirok etdilar. Qizlar milliy urf odatlarimizning mohiyati va umuminsoniy qadriyatlar mavzusidagi savollarga atroflicha javob berdilar. Vatanga muhabbat xissi va To‘maris vorislarining eng ulug‘ xislatlarini sheʼr va monologlarda ta’rifladilar.