Joriy yilning 30 yanvar sanasida 5-11 sinf oʻquvchilari ishtirokida M.Saydullaeva, maktab psixologi Sh.Gʻulomova hamda IIO FMB XPB yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor psixolog Mirzayev Oybek rahbarligida "Davomat" tadbiri o‘tkazildi. Olib borilgan nazorat jarayonida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmaslik uchun tushuntirish ishlari olib borildi. Oʻquvchilar bilan alohida suhbatlashildi hamda kerakli tavsiyalar berildi. Tashkil etilgan davra suhbatida sinflar kesimida 75 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.