Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-sonli maktabda 07.02.2023 kuni Buyuk bobolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Ikki nazm sarboni" mavzusida adabiy kecha tashkil qilindi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar, sahna asarlari namoyishi, g‘azallarga uyg‘un raqslar tashkil etildi. Badiiy kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi "Do‘stlik"ordeni sohibasi shoira Sayyora To'ychiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artisit,rejissor Ibrohim Rasulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi "Do‘stlik" ordeni sohibi Salomov Shodmonqul Jumayevich, Respublika Ma’naviyat - ma’rifat markazi Yunusobod tumani Kengashi raisi Qobulov Jasur Qahramonovich ishtirok etib, buyuk bobolarimiz, ularning asarlari mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati haqida qimmatli fikrlarini bildirib o‘tdilar. Ishtirokchilar 95 nafar.