Joriy yilning 9 fevral sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-sonli maktabda Buyuk bobolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Buyuk bobolar izidan" mavzusida mahalla faollari bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida oʻquvchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar, sahna asarlari namoyishi, g‘azallarga uyg‘un raqslar tashkil etildi. Tashkil etilgan davra suhbatida "Yoʻlayriq" MFY fuqarolar yig‘ini raisi A.Karimov, hokim yordamchisi Oʻ.Qoraboyev, mahalla faollaridan R.Zufarov, M.Mahamadaliyeva, F.Boʻriyeva hamda maktab direktori L.Kadirova ishtirok etib, buyuk bobolarimiz, ularning asarlari mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati haqida qimmatli fikrlarini bildirgan holda oʻquvchilarga omad tiladilar.