Joriy yilning 17 fevral sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-sonli maktabda sportning shaxmat va shashka turi boʻyicha "Yoʻlayriq" MFY bilan hamkorlikda maktab birinchiligi o‘tkazildi. 5 A - sinf oʻquvchisi 1-o‘rin, huquq fani oʻqituvchisi 2-o‘rin, 10 A- sinf oʻquvchilari 3-o‘rinni egalladilar va "Yoʻlayriq" MFY, "Nurmakon" MFY, "Kulolqoʻrgʻon" MFY mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Sportchi oʻquvchilarimizga omadlar tilab qolamiz.