Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 27-апрель 2025, 22:28
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda "English party" mavzusida tadbir oʻtkazildi

Yunusobod tumani 271-maktab xorijiy tillar fanlari metod birlashmasi ingliz tili oʻqituvchilari va oʻquvchilar ishtirokida "English party" mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda oʻquvchilar tomonidan ingliz tilida sheʼrlar, qoʻshiqlar aytildi. Ingliz tili toʻgaragi aʼzolari tomonidan "Cinderella story"(Sinderallaning hikoyasi) ,,Snow White and 7 dwarfs" (Oppogʻoy va 7 mitti odam) "Fox and crane" ( Tulki va turna) ertaklaridan parcha mahoratli  ijro etildi. Shuningdek oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan ingliz tilidagi qoʻshiq va raqslar tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladi. Tadbirga hozirda O'zbekiston jurnalistikasi va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida taʼlim oluvchi sobiq oʻquvchimiz Sultonova Diyora tomonidan "My heart will go on" qoʻshigʻi jonli ijro etildi va tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi. 5 tashabbus doirasidagi oʻtkazilayotgan kitoblar yarmarkasi ham oʻquvchilar talqinida ingliz tilida koʻrsatib berildi. Tadbir soʻngida ustozlar ishtirokida "Dream tree " (Orzu daraxti) qiziqarli oʻyini oʻtkazildi. Tadbir oʻquvchilarni ingliz tiliga boʻlgan qiziqishini yana bir bor koʻrsatib berdi va badiiy syujetga boy boʻldi.