Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-июль 2025, 20:47
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"8-mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Doim eʼzozdasiz -muqaddas ayol" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 6-mart sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-maktabda "8-mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Doim eʼzozdasiz-muqaddas ayol" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Modellashtirish va Simulyatsiya boʻyicha tadqiqotlar dala-oʻquv markazi xodimlari mayor Gizatulin Aleksandr Rimovich, katta serjant Shavaliyev Kamil Usmonovich, ota-onalar qoʻmitasining raisi M.Hoshimova, faol onalar, maktab maʼmuriyati hamda pedagog xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirda oʻquvchilar oʻz iqtidorlarini namoyish etgan holda kuy-qoʻshiqlar ijro etishdi. Yigʻilgan mehmonlarga tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir manzur boʻldi va oʻz minnatdorchiligini bayram tabrigi orqali izhor etishdi.