Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-июль 2025, 20:47
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda ota-onalar ishtirokida majlis bo'lib o'tdi

271-sonli umumta'lim maktabida ota-onalar ishtirokida majlis bo'lib o'tdi. Majlisda mazkur yilning 30-aprelida bo'lib o'tadigan Referendumning mazmun va mohiyati, konstitutsiyamizga kiritiladigan o'zgarishlarning mazmuni hamda ijtimoiy sohalarga berilayotgan afzalliklari haqida tanishtirib o'tildi. Referendum o'tkazilishiga qo'yiladigan talablar haqida uning vazifalari keng muhokama qilindi. Majlisda qatnashgan fuqarolarga referendumga befarq bo'lmasliklari, ushbu referendumda faol qatnashishlari kerakligi, ularning ovozlari katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi. Majlisda Toshkent Davlat Moliya Instituti jismoniy madaniyat va sport faoliyat kafedrasi mudiri F.Toshpulatov, dotsentlar F.Karimov, A.Muxamedov tashrif buyurishdi. Majlisda maktab ma'muriyati hamda 480 nafar ota-onalar ishtirok etishdi.