Maktabimizda pedagog xodimlar ishtirokida majlis tashkil etildi. Majlisda mazkur yilning 30-aprelida bo‘lib o‘tadigan Referendumning mazmun va mohiyati, Konstitutsiyamizga kiritiladigan o'zgarishlarning mazmuni hamda ijtimoiy sohalarga berilayotgan afzalliklari haqida tanishtirib o‘tildi. Referendumda o'tkazilishiga qo‘yiladigan talablar haqida uning vazifalari keng muhokama qilindi. Majlisda qatnashgan fuqarolarga referendumga befarq qaramasliklari, ushbu referendumda faol qatnashishlari kerakligi, ularning ovozlari katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi. Yig'ilishda maktab direktori L.Kadirova, MMIBDO' M.Sa'dullayeva, F.Suvanova, O'TBDO' A.Egamberdiyeva va 47 nafar pedagog xodimlar ishtirok etishdi.