Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-июль 2025, 20:47
 Bosh sahifa  Mobile versiya

271-umumta'lim maktabida pedagog xodimlar ishtirokida majlis tashkil etildi

Bugun 271-umumta'lim maktabida pedagog xodimlar  ishtirokida majlis tashkil etildi. Majlisda mazkur yilning 30-aprelda bo'lib o'tadigan Referendumning mazmun va mohiyati, Konstitutsiyamizga kiritiladigan o'zgarishlarning mazmuni hamda ijtimoiy sohalarga berilayotgan afzalliklari haqida tanishtirib o'tildi. Referendumda o'tkazilishiga qo'yiladigan talablar haqida uning vazifalari keng muhokama qilindi. Majlisda qatnashgan pedagog xodimlarga referendumga befarq qaramasliklari,ushbu referendumda faol qatnashishlari kerakligi, ularning ovozlari katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi. Yig'ilishda maktab direktori L.T.Kadirova, MMIBDO' M.N.Sa'dullayeva, F.X.Suvanova ,O'TBDO' M T.Kuchkarova va 42 nafar pedagog xodimlar ishtirok etishdi.