Joriy yilning 14-aprel sanasida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 11-apreldagi 06-06/3-634-sonli xati asosida Voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishi, ular orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-maktabda "Davomat" va "Tig'" tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirda Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bosh mutaxassisi D.I.Muminova, maktab direktori L.T.Kadirova, MMIBDO'lar M.N.Sa'dullayeva, F.X.Suvanova, maktab psixologi D.Muxitdinova, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti harbiy ta'lim fakulteti podpolkovnigi A.Xonimkulov hamda kursantlari qatnashdi. Maktabda 957 nafar o'quvchi tahsil olayotgan bo'lib, o'quvchilarga sababsiz dars qoldirish, turli kelishmovchilik va ularning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berdilar. "Davomat "va "Tig' " tadbirlarida surunkali dars qoldirayotgan o'quvchilar aniqlanmadi, tig'li buyumlar topilmadi.