Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-апрель 2025, 13:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizning 2-4-sinf oʻquvchilari "Satira" teatriga tashrif buyurishdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va Turizm vazirligi tomonidan joriy yilning may oyi barcha tuman (shahar) larda “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad, yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantirish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ro'yobga chiqarishdan iboratdir. Yunusobod tumani 271-maktab o'quvchilari ham joriy yilning 6-may sanasida "Satira" teatriga tashrif buyurdilar. Jajji o'quvchilarimiz "Oppog'oy va yetti gunom" teatrini miriqib tomosha qildilar. Teatrga 271-maktabning 2-4-sinf oʻquvchilaridan jami 30-nafari jalb qilindi. Mazkur teatrdan o'quvchilar katta taassurotlar bilan qaytdilar. Tashkilotchilarga katta rahmat.