Joriy yilning 9 sentyabr sanasida Yunusobod tumani 271-sonli umumta’lim maktabida "Farzanding taqdiriga befarq bo‘lma!" mavzusida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati va afzalliklarini keng yoritish, maktabning takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari bilan yaqindan tanishish hamda farzand tarbiyasi, kelajagi va kasb-hunar tanlashdagi mas’ullik hisini oshirish maqsadida ota-onalar yigʻilishi o‘tkazildi. Ota-onalar yigʻilishiga "Yoʻlayriq" MFY faollari ishtirok etdi. Jami ota-onalar soni sinflar kesimida 150-nafarni tashkil etadi.