Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-апрель 2025, 13:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda Barkamol avlod bolalar maktabida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi

Maktabimizda Barkamol avlod bolalar maktabida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi. Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan Yunusobod tumani 271-maktabning boshlang`ich va yuqori sinf o`quvchilari tashrif buyurib ko`rgazma haqida ma’lumotlar olishdi. Ko‘rgazma doirasida besh tashabbus shiori ostida "Shaxmat-shashka", qo`l mehnatidan "Bichish- tikish, rassomchilik, musiqa yo`nalishlari bo`yicha tanlovlar namoyishini ko`rib yanada zavq va ko`tarinki ruhda qaytishdi.
Biz o`qituvchilar o`quvchilarni ko‘proq ko`rgazma va tanlovlarda ishtirokini amalga oshirsak hech bir yosh avlod vakillaridan yomon xulq egalari etishib chiqmaydi degan umiddamiz.
Yoshlarning bu qiziqishlari kelajakda biror kasb yoki hunarni egallashiga turtki bo`ladi.
Bu ko`rgazma MMIBDÒ va boshlang`ich sinf o`qituvchisi M.Zokirova, tasviriy san’at va chizmachilik o`qituvchisi M.Turdiyeva  va G.Mirsharipova  hamkorligida amalga oshirildi.