Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-апрель 2025, 13:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimiz o'quvchilari faxriy ustozlar holidan xabar olishdi

Yunusobod tumani 271-maktabning 7 V sinf o'quvchilari sinf rahbari hamrohligida Keksalar haftaligi doirasida ,"Keksalarga hurmat, yoshlarga ibrat" g'oyasi ostida Kulolqo'rg'on mahallasida istiqomat qiluvchi faxriy ustoz Bo'riyeva Fotima ona va Rixsixonov Po'latxon otani yo'qlab borishdi. Suhbat jarayonida o'quvchilar otaxon va onaxonning ibratomuz nasihatlarini tinglashdi. Yoshlarga ilm ma'rifat o'chog'i, boyligi uning sermazmunligi doimo yoshlar keksalarni ardoqlasa, hurmat qilsa har joyda hamisha izzat topishini ta'kidlab qo'llarini duoga ochdilar. O'quvchilar ongida ushbu kun juda esda qoldi. Keksalarni asrash biz yoshlarning qo'lida.