Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-апрель 2025, 13:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Ona tilim-g'ururim, faxrim" nomli ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 21-oktyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 271- maktabda O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 34 yilligi munosabati bilan "Ona tilim - g'ururim, faxrim" nomli ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktab ma'muriyati, Yòlayriq MFY faollari, maktabning faxriy ustozlari va 80 nafar o'quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda o'zbek tilida she'r, qo'shiqlar va sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Ijro etilgan sahna ko'rinishlari o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.