Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 18-июнь 2025, 21:21
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ergashev Bahrom Ulugʻbekovich xotirasiga bagʻishlab xotira kechasi o‘tkazildi

Joriy yilning 24 oktyabr sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumani 271-sonli maktabda maktabning sobiq bitiruvchisi, safdor Ergashev Bahrom Ulugʻbekovich xotirasiga bagʻishlab xotira kechasi o‘tkazildi. Tadbirga Yunusobod tumani Ichki Ishlar boshligʻining maslahatchisi istefodagi podpolkovnik Kamolov Shokir Toshpoʻlatovich, Yunusobod tuman IIB faxriylar kengashi raisi podpolkovnik Isaxonov Olimxon Saidolimxonovich, Yunusobod tumani IIB rahbariyati va xodimlari, Yoʻlayriq MFY raisi A.Karimov, faoli R.Zufarov, oila aʼzolari, maktab ma'muriyati hamda oʻquvchilar ishtirok etdilar. Tashrif buyurgan mehmonlar Baxrom Ergashevni xotirasini yodga olib o‘z fikr-mulohazalarini yigʻilganlarga bayon qildilar.
Safdor Ergashev Bahrom Ulugʻbekovich 1987-yil 27- iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2003 - yil kollejni bitirib, 2006-yil noyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi MXX chegara qoʻshinlari 9202 harbiy qism 3- chegara posti 1- chegarachilar seksiyasida AGS - 17 otuvchi askar boʻlib xizmat qilgan. Xizmat chogʻida koʻrsatgan fidokorona mehnatlari munosib taqdirlandi. 2014- yil 8-oktabr kuni Yashnabod tumanida joylashgan Toshkent yuk tashish hovlisi DATK hududida sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirish vaqtida davlat mulkini va komandirining hayotini qutqarish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan. Safdor Ergashev Bahrom Ulugʻbekovichning xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.