Joriy yilning 24-noyabr sanasida Yunusobod tumani 271-maktabda "Bag‘rikenglik haftaligi" munosabati bilan "Bag‘rikenglik festivali" bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan festivalda yuqori sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Festivalda milliy o‘yinlarimizdan bo‘lgan kurash va arqon tortish, "Kim oladi-yo" o‘yinlari namoyish qilindi. Milliy qo‘shiqlarimizda alla va laparlar ijro etildi. Milliy raqslarimizdan "Doira", "Dilxiroj", "Andijon polkasi" kabi ajoyib raqslar o‘quvchilarimiz tomonidan maroq bilan ijro etildi. Milliy an’analarimizning ramzlaridan bo‘lgan milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Festivalda maktab ma’muriyati va faxriy ustozlar ishtirok etdilar.