Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-апрель 2025, 13:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

6 V - sinf oʻquvchilari bilan birgalikda koʻchatlar oʻtqazildi

Joriy yilning 28-noyabr sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumani 271-sonli maktabda "Yashil makon" aksiyasi doirasida 6 V - sinf oʻquvchilari hamda sinf rahbari Toʻraqulova Iroda, Rajabova Shoxsanam tomonidan maktab xududini koʻkalamzorlashtirish maqsadida 10-tup sasna, 12-tup tuya koʻchatlari oʻtqazildi. Oʻquvchilar meva va sabzavotlardan koʻrgazma ham tashkil etdilar. Bunda qoʻl mehnatidan foydalandilar. Tashkil etilgan tadbirga Yunusobod tumani hokim oʻrinbosari "Oila va xotin qizlar" boʻlimi boshligʻi Muhsimova Dilfuza Mirsharipovna, "Yoʻlayriq" MFY raisi Karimov Abduvahob, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Muslimova Nodira tashrif buyurdi. Tashrif buyurgan mehmonlar oʻquvchilar mehnatsevarligi va ahilligini koʻrib xursand boʻldilar va minnatdorchilik bildirdilar.
Maktab direktori Kadirova Latofat Talatovna.
Maʼnaviy -maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Saʼdullayeva Muhabbat Narzullayevna.