Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-апрель 2025, 13:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Мaktabda o'quvchi yoshlar oʻrtasida  jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligiga tahdid ko‘rsatmaslik haqida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi

Joriy yilning 27 yanvar kuni maktabimizda maktabda o'quvchi yoshlar oʻrtasida  jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligiga tahdid ko‘rsatmaslik haqida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi. O'quvchilar qonunda belgilangan javobgarliklar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbirda  Yunusobod tumani 1-sonli IIB XPB  katta  profilaktik inspektori kapitan F.Rajabov, "Yoʻlayriq" MFY oqsoqoli A.Karimov, maktab ota-onalar qo‘mitasi raisi R.Zufarov hamda maktabning 9-10-sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda soha mutaxassislari  tomonidan maktab o'quvchilari mobil telefon vositalarini o'g'irlash holatlarini sodir etsa, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar avtomobil boshqarishi va baxtsiz hodisa sodir etishining salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Oʻquvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.