
Joriy yilning 8 fevral kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-sonli umumta'lim maktabining 1 V- sinf o‘quvchilari ishtirokida Prezidentimiz tomonidan 2019 yilda ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida yosh avlodni madaniyat, san’at, sportga keng jalb etish, ularni axborot texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanishi, yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida "Biz vatanning ertasi" nomli ma'naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir jarayonida o'quvchilar o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Tashkil etilgan tadbirda maktab ma’muriyati hamda ota-onalar ham ishtirok etishdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.