Joriy yilning 24-fevral sanasida Yunusobod tumanidagi 271-sonli umumta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita shahar boshqarma mas’ul xodimi, Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi diniy- Ma’rifiy bo‘lim bosh mutaxassisi - Z.Mardonov tashrif buyurdi. Diniy tashkilot xodimi tomonidan juda ko‘p ta’lim va diniy amallarning o‘zaro bog‘liqligi yuzasidan bir qancha ma’lumotlar berib, ta’limga nisbatan juda katta e’tibor berilayotganligini ta’kidlab o‘tildi. Tadbirga 9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.