Bugun maktabimizning oʻquvchilari ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Jannatim-onam" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga maktabning sobiq faxriy ustozlari, mehnat faxriylari, "Yo‘layriq" MFY raisi va faollari, Milliy gvardiya xodimlari, ota-onalar hamda maktab ma’muriyati ishtirok etdilar. Tashkil etilgan tadbirda o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan mazmunli kuy-qo‘shiqlari, jozibador raqslari orqali mehribon ustozlari va mo‘tabar onajonlari hamda mehmonlarni tabrikladilar va ko‘ngillarini xushnud qildilar. Tashrif buyurgan mehmonlar tadbir yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirib maktab ma’muriyati va o'quvchilarga keyingi o‘qishlarida omad tiladilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.