I-chorak
1. “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb tariflanishi bejiz emas, albatta”. Ushbu jumla kimning qaysi asarida keltirilgan?
A. A. Avloniy “Turkiy guliston”
B. I. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari
C. I. Yusupov “Oltin qirg’oq” asari
D. A. Navoiy “Mahbub ul-qulub” asari
2. “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” ushbu ta’rif kim haqida aytilgan?
A. Bobur
B. Nodira
C. Navoiy
D. Zulfiya
3. G’. G’ulomning qaysi asarida o’zining bolalik hayoti aks etgan?
A. “Shum bola” qissasi
B. “Yodgor” qissasi
C. A va B javoblar to’g’ri
D. Bunday asar yo’q
4. “Shum bola” qissasida masjid imomining og’ilxonasida o’sallab qolgan ho’kiz o’rniga soppa-sog’ eshakni so’yib qo’yib, rosa kaltak yegan personaj kim?
A. Shum bola
B. Omon
C. Badal aravakash
D. Sulton o’g’ri
5. Badiy asarlar qanday turlarga bo’linadi?
A. g’azal, ruboiy, masnaviy
B. murabba, muxammas,
C. drama, tragediya, komediya
D. epik, lirik, dramatik
6. Latifa, masal, hikoya, rivoyat, ertak, afsona, badia, etud, ocherk, esse epik janrlarning qaysi turiga mansub?
A. o’rta
B. kichik
C. katta
D. to’g’ri javob yo’q
7. G’afur G’ulomning “Shum bola” asarida Sariboy Yusuf kontorning mevazor bog’i, bahavo shiyponini qanday qo’lga kiritadi?
A. Yusuf kontor bilan qimor o’ynab, yutib oladi.
B. Sariboydan olgan qarzlari evaziga tortib oladi.
C. Aslida ota-bobosining mulki bo’lganligi uchun undan tortib oladi.
D. Yusuf kontorni avrab, arzon pulga sotib oladi.
8. G’afur G’ulomning “Shum bola” asarida Sariboyga xos xususiyat qaysi javobda ko’rsatilgan?
A. mehribon
B. ziyrak
C. ziqna
D. mehnatkash
9. Turob To’laning bir necha nasriy janrlarda yaratilgan katta-kichik hikoyalar yagona sujet ipiga mohirlik bilan tizilgan asari qaysi?
A. “Nodirabegim” qissasi
B. “Nafosat” asari
C. “Yetti zog’ora qissasi” asari
D. “Kamalak” asari
10. T. To’laning “Do’nan” asari kimning tilidan hikoya qilinadi?
A. Fayzi dasturxonchi
B. Donanboy
C. Muallif
D. Baxshilla maxsum
11. “Do’nan” asarida qaysi qahramon “Shu kuchugingiz o’lsin, juda yomon ko’raman, o’shani bog’lab qo’ying yaqinroqqa – deb aytadi?”
A. Bemor kelin
B. Baxshilla maxsumning onasi
C. Fayzi dasturxonchi
D. Toshtemir
12. “Do’nan” hikoyasidagi asosiy maqsad nima?
A. turli sabablar jamuljam bo’lib yuzaga kelgan murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlar va hayvonlarning nozik kechinmalarini kitobxonga yuqtirilish.
B. Baxshillaning taqdirini ochib berish va otasining aybini fosh etish.
C. Hayvonlarning o’z egasini tez unutib, har qanday sharoitga ham ko’nikib ketishi.
D. To’g’ri javob yo’q.
13. Bobosi Erkaboy va buvusi Roqiyabibilarning tarbiyasida o’sgan adib kim?
A. Turob To’la
B. Xudoyberdi To’xtaboev
C. G’ofur G’ulom
D. Erkin Vohidov
14. Jami 24 tilga tarjima qilingan, italiyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarinig tahsiniga sazovor bo’lgan asar qaysi?
A. “Besh bolali yigitcha” romani
B. “Shirin qovunlar mamlakati” romani
C. “Mingli ko’zlar” romani
D. “Sariq devni minib” romani
15. “Sariq devni minib” asari qahramonlari to’g’ri sanalgan qatorni toping.
A. Sovxoz direktori – Otajon Azizovich
B. Brigadir – Polvontog’a
C. Maktab direktori – Akbar Nosirov
D. Brigada boshlig’i – Murodjon aka
16. “Aql sehrga bo’ysunmaydi, aqlingga aql qo’shib berolmayman, o’zimda ham shu qurg’urdan sal kamroq” ushbu so’zlar “Sariq devni minib” asarida qaysi personajga tegishli?
A. Sehrli qalpoqchaga
B. Hoshimjon Ro’ziyevga
C. Hayitvoyga
D. Polvontog’aga
17. Berilgan asarlarning qaysi biri sarguzasht asar hisoblanmaydi?
A. Jonatan Svift “Gulliverning sayohatlari”
B. Daniel Defo “Robinzon Kruzo”
C. G’ G’ulom “Mening o’g’rigina bolam”
D. Jyul Vern “O’n besh yoshli kapitan”
18. Hoshimjon Ro’ziyev asarda kimning nayranglarini fosh qiladi?
A. Hayitvoyning
B. Murobiddinxo’janing
C. Singlisi Donoxonning
D. Singlisi Oyshaxonning
19. Hoshimjon Ro’ziyev oq jundan to’qilgan sehrli qalpoqcha haqida kimdan eshitadi?
A. Soraxon folbindan
B. Do’sti Qosimdan
C. Onasidan
D. Buvisidan
20. “Sariq devni minib” romanining nechanchi bobi “Baxtim kulib boqqan edi” deb nomlangan?
A. III
B. II
C. I
D. IV
21. Qaysi adibning bolaligi “olov jizillab turadigan tandir yonida , un va ko’mir solingan qoplar orasida kechdi?”
A. Hans Kristian Andersen
B. Janni Rodari
C. Robinzon Kruzo
D. Turob To’la
22. O’zining qaysi ertagida Janni Rodari reklamaning ajabtovur xususiyatini muammolar yechimiga asos qilib oladi?
A. “Hurishni eplolmagan kuchukcha”
B. “Qutbdagi gunafsha”
C. “Shahzoda Plombir”
D. A va C
23. Janni Rodari ertakchilikka qanday yangilik kiritdi?
A. Voqealar yechimi 3 xil yakun topadi.
B. O’ylab topilgan voqealar tasvirlanadi.
C. Qahramonlar og’ir vaziyatga tushib qoladi.
D. Xayolotga chuqur beriladi.
24. “Hurishni eplolmagan kuchukcha” ertagining ikkinchi tugashida yo’lda chopib ketayotgan kuchukcha kimga yoki nimaga duch keladi?
A. Sigirga
B. Kakkuga
C. Xo’rozga
D. Dehqonga
25. “Shahzoda Plombir” ertagida samoviy mitti odamlar qayerdan kelib qolishgan?
A. Marsdan
B. Muz qoplagan sayyoradan
C. Oydan
D. A va B
II-chorak
1. “Muqimiy bayozi” deb nomlangan to’plam kim tomondan tuzilgan?
A. Muqimiy
B. G’. G’ulom
C. Furqat
D. Oybek
2. Muqimiyning ilk devoni qachon qanday nom bilan nashr etildi?
A. 1900-yil “Devoni Muqimiy”
B. 1900-yil “Muqimiy bayozi”
C. 1907-yil “Muqimiy bayozi”
D. 1907-yil “Devoni Muqimiy”
3. “O’zgalarga rohat-u, menga a’zob” misrasida qanday tasvir vositasi qo’llanilgan?
A. Qarshilantirish
B. O’xshatish
C. Mubolag’a
D. Sifatlash
4. Muqimiyning “Tanobchilar” she’riy hikoyasi mazmuniga ko’ra qanday asar?
A. Yumoristik
B. Ishqiy
C. Satirik
D. Sarguzasht
5. Muqimiyning bizgacha yetib kelgan merosining umumiy hajmi, taxminan qancha?
A. 100 ming misra
B. 10 ming misra
C. 50 ming misra
D. Aniq emas
6. Muqimiyning “Tanobchilar” she’riy hikoyasida nima aks etgan?
A. Amaldorlar zulmidan ezilgan xalqning kulfat – a’zoblari
B. O’zining xastaligi
C. Toshkent taassurotlari
D. To’g’ri javob yo’q
8. A. Qahhorning tugallanmay qolgan qissasi qaysi?
A. “Zilzila”
B. “Sinchalak”
C. “O’tmishdan ertaklar”
D. To’g’ri javob yo’q
9. “Bemor” hikoyasining epigrafi qaysi?
A. Otning o’limi – itning bayrami.
B. Osmon yiroq, yer qattiq.
C. Hamal keldi – amal keldi.
D. Salomatlik – tuman boylik.
10. “Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo’ladi. Bunday vaqtlarda yo’g’on cho’ziladi, ingichka uziladi”. Parcha qaysi asardan olingan?
A. “Bemor” hikoyasi
B. “Tanobchilar” she’riy hikoyasi
C. “Nido” dostoni
D. “Muzqaymoq” hikoyasi
11. A. Qahhorning “Bemor” hikoyasida bemor kim?
A. Sotiboldining xotini
B. Butun jamiyat
C. Sotiboldining qizi
D. A va B javoblar to’g’ri
12. Odil Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasida qaysi davr voqealari aks etgan?
A. Birinchi jahon urushi davri
B. Qatag’on davrinig dahshatlari
C. Ikkinchi jahon urushi voqealari
D. Quldorlik davri azoblari
13. Otalar mavzusiga bag’ishlangan asarlar qaysi?
A. E. Vohidov “Nido”, O’. Hoshimov “Urushning so’nggi qurboni”
B. O. Yoqubov “Muzqaymoq”, E. Vohidov “Nido”
C. A. Qahhor “Bemor”, Muqimiy “Tanobchilar”
D. S. Ahmad “Sobiq”, O. Yoqubov “Muzqaymoq”
14. E. Vohidovning “O’zbegim” she’ri qaysi janrda va qachon yozilgan?
A. qasida, 1968-yil
B. qasida, 1069-yil
C. fahriya, 1968-yil
D. madhiya, 1969-yil
15. ”Qaysari Rum nayzasidan bag’rida dog’ uzra dog,
Chingiz-u Botu tig’iga ko’ksi qalqon, o’zbegim ” misralaridan so’ng keladigan misrani toping.
A. Davr zulmiga va lekin bir umr bosh egmading
B. Tuzdi-yu Mirzo Ulug’bek Ko’ragoniy jadvalin
C. Tarixing bitmakka xalqim mingta Firdavsiy kerak
D. Yog’di to’rt yondin asrlar boshingga tiyri kamon
16. 1941-yilda Toshkentning Do’mbirobod mahallasida tug’ilgan adib kim?
A. E. Vohidov
B. O’. Hoshimov
C. S. Ahmad
D. A. Qahhor
17. “Urushning so’nggi qurboni hikoyasida Umri xolaning” o’limiga asosiy sabab nima?
A. Urush
B. Shoikromning tuzog’i
C. Xadichaning ziqnaligi
D. Shone’matning kasali
18. “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasida nima uchun Shoikromni urushga olishmagan?
A. Bir oyog’i kalta edi.
B. Uchta qizi bor edi.
C. To’qimachilik kombinatiga montyor yetishmas edi.
D. Ukasi kasal edi.
19. “Qora kunlar uchun, ne umidlar bilan tishlab yurgan g’unnajinini o’g’irlagani uchun o’lim to’shagida yotgan ukasini oxirgi nasibadan mahrum qilgani uchun, non puli bo’lar deb yetishtirgan mevasidan judo qilayotgani uchun shunday qasos olsinki, o’sha xudo bexabarlardan.” Parcha qaysi asardan olingan va qaysi qahramon o’y-xayollari?
A. “O’g’ri”, chol
B. “Bemor”, Sotiboldi
C. “Urushning so’nggi qurboni”, Umri xola
D. “Urushning so’nggi qurboni”, Shoikrom
20.Xadicha qaysi asar qahramoni?
A. “O’g’ri”
B. “Bemor”
C. “Urushning so’nggi qurboni”
D. “Sobiq”
21. “Bo’lajak yozuvchining ilk mashqi “Ishqiboz” nomli hajviy hikoyasi o’n olti yoshlarda “Mushtum” jurnalida chop etgani uchun uning dastlabki ish faoliyati ham shu jurnal bilan bog’liq” Tarjimayi hol kimga tegishli?
A. A. Qahhor
B. A. Qodiriy
C. S. Ahmad
D. Oybek
22. S. Ahmadning birinchi kitobi qaysi, qachon nashr etilgan?
A. 1928-yilda “Shu’lalar qo’ynida”
B. 1926-yilda “Tuyg’ular”
C. 1926-yilda “Tanburim ovozi”
D. 1940-yilda “Tortiq”
23. “Qoplon”, “Sobiq” hikoyalarining muallifi kim?
A. S. Ahmad
B. G. G’ulom
C. O’. Hoshimov
D. Z. A’lam
24. “Qoplon ” hikoyasida bod kasali tutib, yotib qoldan personaj kim?
A. Tillayev
B. Qurbonboy
C. yangi direktor
D. Tillayevning xotini
25. . “Qoplon ” hikoyasidagi Qurbonboy qanday shaxs?
A. sofdil
B. laganbardor
C. halol
D. yolg’onchi
III-chorak
1. “Boychechak” xalq qo’shiqlarining qaysi turiga kiradi?
A. mavsum qo’shiqlari
B. o’yin qo’shiqlari
C. to’y qo’shiqlari
D. terim qo’shiqlari
2. Qaysi qo’shiq savol-javob tarzida boradi?
A. “Boychechak”
B. “Chitti gul”
C. “Boshginam og’riydi”
D. “Yor-yor”
3. Xalqimizda “Jon ozig’i”, “Ko’ngil mulki” deya nima ta’riflangan?
A. Raqs
B. Maqol
C. Qo’shiq
D. Sevgi
4. Adabiyotga xos qaysi atama ingliz tilidagi namlik, suyuqlik so’zidan olingan?
A. Satira
B. Yumor
C. Tragediya
D. Drama
5. S. Ahmadning qaysi asari halol kishilarning xatti-harakatlarida paydo bo’layotgan dabdababozlik, nozarur yumushlarga chalg’ib, kulgili vaziyatlarga tushib qolgan insonlar haqida?
A. “Qoplon”
B. “Kuyov”
C. “Kelinlar qo’zg’oloni”
D. “Sobiq”
6. 1942-yilda janglarda yaralanib, fashistlar qo’liga asir tushgan iste’dodli tatar shoiri kim?
A. Rasul Hamzatov
B. Chingiz Aytmatov
C. Musa Jalil
D. Umar Sayfiddin
7. Musa Jalilning “Moabid daftari” to’plamida nima kuylanadi?
A. Erkin hayotga chanqoqlik
B. Insoniyatning baxtli kelajagiga ishonch
C. Ona yurtga muhabbat
D. Barcha javoblar to’g’ri
8. Musa Jalil o’zining “Ishonma” she’rida tuproq nimani ko’molmas deb aytadi?
A. Sovuq tanni
B. O’tli qo’shiq to’lgan ko’ngilni
C. Inson qonini
D. Tarixni
9. A. Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari necha qismga bo’linadi?
A. 2
B. 3
C. 1
D. Qismlarga bo’linmaydi
10. O’zi xunuk, gapi be’mani, ovozi yoqimsiz odamlarni Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida nimaga o’xshatadi?
A. to’ti
B. bulbul
C. qurbaqa
D. toshbaqa
11. A. Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida kimlarga yaxshilik qilsang, zolimdan omon bo’lasan deydi?
A. Mazlumga
B. Kichiklarga
C. Ota-onaga
D. Yetimlarga
12. “Mahbub ul-qulub” asarida Navoiy axloqli odamlarning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir deb nimani aytadi?
A. Saxiylikni
B. Hunarni
C. Tejamkorlikni
D. Hilmni
13. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari xalq orasida qanday nom bilan mashhur bo’lgan?
A. “Tuya bilan bo’taloq”
B. “Yapaloqqush hikoyasi”
C. “Uch masal”
D. “Boyo’g’li hikoyasi”
14. Noshukur bo’lmaslik g’oyasi “Zarbulmasal” da qaysi hikoyat mazmuni hisoblanadi?
A. “Maymun bilan najjor”
B. “Toshbaqa bilan chayon”
C. “Dumsiz eshak”
D. “Tuya bilan bo’taloq”
15. Gulxaniydan bizgacha qanday asarlar yetib kelgan?
A. Faqat “Zarbulmasal” asari
B. 400 ga yaqin maqollar va “Zarbulmasal” asari
C. 1 ta qasida va “Zarbulmasal” asari
D. 12 ta g’azal, 1 ta qasida va “Zarbulmasal” asari
16. Arab tilida namuna, misol degan ma’noni anglatadigan janr qaysi?
A. Masal
B. Maqol
C. Ertak
D. Doston
17. Avaz O’tar necha yil umr ko’rgan?
A. 60 yil
B. 45 yil
C. 50 yil
D. 35 yil
18. Avaz O’tar nimani “robitai olamiyon” deb ataydi?
A. Hunarni
B. Tilni
C. Odobni
D. Maktabni
19. Avaz O’tar o’zi tuzgan devonini qanday nomlagan?
A. “Ilk devon”
B. “Chor devon”
C. “Saodatul-iqbol”
D. “”
20. Abayning “Naqliya so’zlar” asari necha bo’limdan iborat?
A. 40
B. 44
C. 35
D. 50
21. Abayning “Naqliya so’zlar” asarini kim o’zbek tiliga o’girgan?
A. Zulfiya
B. Cho’lpon
C. G’. G’ulom
D. Nosir Fozilov
22. “Naqliya so’zlar” asarining “O’n yettinchi so’z” dan olingan parchada G’ayrat, Aql, Yurak o’rtasida bahs bo’lib o’tadi. Ularga hakamlik qilayotgan Ilm qay birlarini boshliq etib tayinlaydi?
A. Aqlni
B. G’ayratni
C. Yurakni
D. A va C javoblar to’g’ri
23. “Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim…” misralari Zulfiyaning qaysi she’ridan olingan?
A. “Nevara”
B. “Men o’tgan umrga”
C. “Bo’g’lar qiyg’os gulda”
D. “Bahor keldi seni so’roqlab”
24. Zulfiya Hamid Olimjonning qaysi dostonlari asosida pyesa va opera lebrettolar yaratgan?
A. “Zaynab va Omon “
B. “Oygul va Bahtiyor”
C. ’’Semurg’,,
D. A va C
25. Zulfiya qalamiga mansub poemalar berilgan qatorni aniqlang.
A. “Quyoshli qalam” , “Mushoira”, “Xotira siniqlari”
B. “Qizlar qoshig’I” , “O’ylar”
C. “Shalola” , “Mushoira”
D. “Xotira siniqlari” , “O’ylar”
IV-chorak
1. Zulfiya o’zining “Nevara” she’rida nevarasini kimga o’xshatadi?
A. H. Olimjonga
B. Onasiga
C. O’ziga
D. Otasiga
2. Zulfiyaning dastlabki she’riy to’plami qaysi?
A. “Ko’klam”
B. “Mitti yulduz”
C. “Hayot varaqlari”
D. “Tong nafasi”
3. “Nizomning tantiligi” hikoyasida Humoyunni o’lim changalidan kim qutqarib qoladi?
A. Bayramxon
B. Nizom
C. Sherxon
D. Qutbxon
4. “Nizomning tantiligi” hikoyasida P.Qodirovning qaysi romanidan olingan parcha?
A. “Yulduzli tunlar”
B. “Qora ko’zlar”
C. “Uch ildiz”
D. “Avlodlar dovoni”
5. “… burgutnikiga o’xshash ko’z qarashlari va mag’rur o’tirishi Bayramxonda hayiqihga o’xshash bir tuyg’u uyg’otdi” “Avlodlar dovoni” asaridan keltirilgan ushbu jumlada kimning qarashlari haqida gap boryapti?
A. Humoyun
B. Pakavira
C. Sherxon
D. Qutbxon
6. “Avlodlar dovoni” asarida tuhmatga uchragan, Humoyundan panoh izlab ketayotganda dushmanlar tomonidan o’ldirilib, boshi kesilgan kim edi?
A. Sherxon
B. Amir Bahlul
C. Bayramxon
D. Nizom
7. Oybekning “Quyosh qoraymas” romani qanday romanlar sirasiga kiradi?
A. Tarixiy
B. Harbiy
C. Zamonaviy
D. Sarguzasht
8. 2004-yilda “O’zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan adib kim?
A. Ibroim Yusupov
B. A. Oripov
C. E. Vohidov
D. J. Jabborov
9. “Farzandlar o’zi minayotgan mashinaga o’xshaydi. O’zi kim, mashina kim, bilib bo’lmay qolyapti” “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida yuqoridagi mulohazalar kimga tegishli?
A. Abray polvonga
B. Bo’ri polvonga
C. Tiloberdi polvonga
D. Nasim polvonga
10. “Har kimning tug’ilgan yili - Misr” maqoli qaysi she’rga epigraf qilib olingan?
A. “Kitob jovonim”
B. “Farg’oniy monologi”
C. “Qadrdon so’qmoqlar”
D. “Qora tol”
11. Ibroim Yusupov she’rlarida tilga olingan ota va onaning umriga o’xshatilgan narsa nima?
A. Daryo
B. Quyosh
C. Tuproq
D. Qo’shterak
12. Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida san’atning qaysi turi butun qonun-qoidalari eng mayda jihatlarigacha batafsil tasvirlanadi?
A. Kurash
B. Rassomchilik
C. Musiqa
D. Kino
13. Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida “Ishonchim komilki , nevaram bobosining orini oladi” degan jumla bor. “orini oladi” deganda nima nazarda tutilgan?
A. Hunarini olmoq
B. O’chini olmoq
C. Yo’lidan yurmoq
D. Odatini olmoq
14. “Umirbek laqqi” dramasining muallifi kim?
A. Ibroim Yusupov
B. A. Oripov
C. E. Vohidov
D. J. Jabborov
15. “Nizomning tantiligi” hikoyasida Nizom sevgan qiz…?
A. Dildor
B. Gulnor
C. Hamidabonu
D.Zuhrabegim
16. E. Seton-Tompsonnig “Yovvoyi yo’rg’a” asarini kim o’zbek tiliga o’girgan?
A. S. Ahmad
B. G. G’ulom
C. O’. Hoshimov
D. Tog’ay Murod
17. Erki o’zida bo’magan kishining fojiasi ko’rsatilgan masalni toping
A. “Dumsiz eshak”
B. “Yodgor po’stindo’z “
C. “Tuya bilan bo’taloq”
D. “Yolg’onchi tuya”
18. Odil Yoqubovning dastlabki asari qaysi?
A. “Tengdoshlar”
B. “Dastlabki qadam”
C. “Tilla uzuk”
D. “Olma gullaganda”
19. Bo'ri,Tilovberdi, Normurod, Maksim, Ismoil, Abray kabi polvonlar timsoli qaysi asarda berilgan?
A. “Momo yer qo'shig'I”
B. “Oydinda yurgan odamlar”
C.”Otamdan qolgan dalalar”
D.”Yulduzlar mangu yonadi”
20."Biz polvonlik maktabida o'qimadik. Polvonlik bizga ota meros, pushtdan-pushtga, qondan-qonga o'tib kelyapti" jumlalarini "Yulduzlar mangu yonadi" asarining qaysi qahramoni aytgan?
A. Bo'ri polvon
B. Tilovberdi polvon
C. Ismoil polvon
D.Normurod polvon
21. Shoir va shoh Bobur haqida yozilgan asarni aniqlang.
A"Avlodlar dovoni"
B. "Meros"
C. "Yulduzli tunlar"
D. "Qadrim"
22. "Men halol non eb o'rganganman" jumlasi "Avlodlar dovoni" asarining qaysi timsoliga tegishli?
A. Bayramxonga
C. La’l Chandga
C. Humoyunga;
D. Nizomga
23. "Avlodlar dovoni" asarida sulhga xiyonat qilgan kim edi?
A. Sherxon
B . Pakavira
C. Humoyun
D. Hech kim.
24. "... tubsiz jarga yiqilay deganda shu daraxtni ikki qo'llab tutib qoldi. Nuqtalar o'rniga qaysi ism qo'yiladi?
A. Bobur
B. Humoyun
C. Akbar
D. Komron.
25. Humoyunning "Siz menga inilarim qilmagan yaxshilikni qildingiz" degan gapi kimga qaratilgan?
A. Nizomga
B. Sherxonga
C. Bayramxonga
D. Mavludbekka