Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 26-апрель 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Matnda tovush almashishi hodisasini aniqlash “ mavzusida 7-sinfda ona tili fanidan ochiq dars ishlanmasi

Mavzu: Matnda tovush almashishi (tushishi, ortishi) hodisasini aniqlash. Topshiriqlar.

Darsning maqsadi:
a) Ta‘limiy maqsad: o‘quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha berish. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish;
b) Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
c) Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini va o‘ylash qobiliyatini rivojlantirish
Dars turi: yangi mavzuni tushuntirish
Foydalanilgan metodlar: bahs-munozara, ibora va alifbodagi harflardan foydalanib maqol topish, savol-javob
Darsning borishi

I. Tashkiliy qism;
Salomlashish, davomatni aniqlash

II. Uyga vazifani so‘rash:
O‘quvchilardan uyga berilgan topshiriqni tekshirish, savol-javob o‘tkazish.

III. Yangi mavzu bayoni: Matnda tovush almashishi (tushishi, ortishi) hodisasini aniqlash. Topshiriqlarni bajarish.   O‘quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha berish.
Nutq tovushlari talaffuz paytida ba’zi o’zgarishlarga uchraydi. Bular asosan 2 xil bo’ladi:
Tovush almashishi, tovush tushishi

Tovush almashishi Tovush tushishi 
UnlilarUndoshlarUnlilarUndoshlar
Son-sana
Ong-angla
Sayla-saylov
O‘qi-o‘quv
Yutuq-yutug‘i
Kurak-kuragi
Tug-tukkan
Ketdi-ketti
Ozod-ozot
Tanbur-tambur
Shahar-shahri
Qorin-qorni
Burun-burni
Ocha oladi-ocholadi
Men-mening
Past-pasay
Sust-susay
G‘isht-g‘ish
Farzand-farzan
Kelsa-kesa


Mavzuga oid mashq va topshiriqlarni bajarish.

1-topshiriq. “Qahramonlar nega kerak?” matnidan foydalaniladi.
Namuna: dunyoga: dunyo+ga
1. dunyo (ot so‘z turkumi) – olam koinot
2. dunyo (ot so‘z turkumi) – boylik davlat

2-topshiriq. Matndan foydalanib gap tuzish.

3-topshiriq. Gaplarni o‘zaro bog’layotgan birliklarni aniqlash.
Dars yanada qiziqarliroq o‘tishi uchun o‘quvchilarga raqamga yashiringan maqollar yozilgan tarqatmalar beriladi. Ushbu tarqatma orqali o’quvchilar alfavit ketma-ketligini eslaydi va maqol o‘rganadi.
Bo‘sh kataklarni to‘ldirib maqol hosil qilish
19811 3811 101118198

til dil kaliti

IV. Mustahkamlash: Mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilar bilan mavzuga oid savol-javob tashkil qilish. Mashq va topshiriqlarni bajarish.

V. Dars yakuni:. Dars yakunlanadi. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa: “Qahramonlar nega kerak?” matnining 2-qismida ishtirok etgan fe‘llarning zamon va shaxs- sonini o‘zgartirib ko‘chirish.