Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 26-апрель 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

E`LON! Bu yil 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi


2022-2023 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlanadi.

▪️ Maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyunidan 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi.

Umumta’lim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15 avgust kunlari amalga oshiriladi.

▫️ Shuningdek, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda tashkil etiladi.